ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI

Homepage | Contact

She'rlar

Abdulla Oripov Hayoti va Ijodi

Abdulla Oripov xalqimizni dunyo adabiyotining sara namunalari bilan tanishtirish borasida ham talay ishlarni amalga oshirgan.

Abdulla Oripov 1941-yilning 21-martida, ya'ni Yilboshi bayrami kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Neko'z qishlog'ida tug'ildi. Qishloq Qo'ng'irtov etagiga o'rnashgan bo'lib, oqar suv taqchil bo'lsa-da, seryomg'ir kelgan yillarda ko'kat-u maysalarga ko'milib qoladigan kengish joy edi. Bu haqda shoirning o'zi: "Ayniqsa, bahor paytlarida bu yerlarga yog'in ko'p tushar, Qo'ng'irtov etaklari ming xil o't-o'lan, chuchmoma-yu qizg'aldoqlar bilan, quyonto'pig'-u ismaloq bilan, karrag-u hazorisfand bilan, qo'zigullar bilan qoplanar, atrof-tevarak jannatiy bir manzara kasb etardi. Sel suvlari to'planib qolgan kichik-kichik ko'llarni "qoq" deyishardi. Uning toza suvini odamlar tashib ichishar, bola-baqra chuchmomay-u ismaloq, zamburug' terib, Qo'ng'irtov etaklarida kunlarini kech qilar edi", - deb yozadi. Ana shunday go'zal maskanda tug'ilib o'sgan Abdulla Oripovning otasi Orifboy Ubaydulla o'g'li ishbilarmon dehqonlardan bo'lib, jamoa xo'jaligi raisi edi. Onasi Turdixol momo ko'pchilik o'zbek ayollari singari sarishta, mehnatkash, mehribon, g'oyat ta'sirchan va ezgulikka tashna ayol bo'lgan. Oilada to'rt o'g'il, to'rt qiz bo'lib, Abdulla o'g'illarning kenjasi edi.

Batafsil o'qish »

Ijodiy ishlari

Birinchi marta respublika matbuotida "Qushcha" deb atalgan she'ri chiqqan paytda Abdulla Oripov talaba edi. Shoirning birinchi she'rlar to'plami "Mitti yulduz" esa 1965-yilda chop etilgan. Undan keyin "Ko'zlarim yo'lingda" (1967), "Onajon" (1969), "Ruhim" (1971), "O'zbekiston", "Qasida" (1972), "Xotirot" (1974), "Yurtim shamoli" (1974), "Jannatga yo'l" (1978), "Hayrat" (1979), "Hakim va ajal" (1980), "Najot qal'asi" (1981), "Yillar armoni" (1983), "Haj daftari" (1992), "Saylanma" (1996), "Sohibqiron" (1996), to'rt tomlik "Tanlangan asarlar" (2000-2001) singari qator kitoblari bosilib chiqdi.

Bosh sahifa | Aloqa | Blog |